Kalsiy inson organizmida suyak to'qimasini mustahkam qiladi.
Rux eritropoyez, spermatogenez , teri regeneratsiya va uning hosilalarini kuchaytiradi, husnbuzarga qarshi ta'sir ko'rsatadi, vitamin a ni faollashtiradi.
Mis temrning gemoglabinga o'tishga yordam beradi.
Magniy suyaklarning , jumladan tishlarning yemirilishiga to'sqinlik qiluvchi muhim element hisoblanadi.
Kumush antiseptik ta'sirga ega bo'lib mahsulotni bakteriyalardan saqlaydi.
Selen turli antijismlar, leyktsitlar ishlab qcihqarishda yordam beradi, organizmning turli salbiy ta'sirlariga , viruslarga va bakteriyalarga qarshiligini oshiradi.
Stronsiy oshqozon ishini normallashtiradi.U asosan meda shirasining sekretsiyasi va kislotaligi yuqori bo'lgan gastritlarni davolash uchun ishlatiladi.
Yod metabalizmni tartibga soladi, immun tizimining hujayralaring ishini kuchaytiradi.
Xlor osmotik jarayonlarni tartibga solishda, shuningdek , asab hujayralarining ishlash bilan bog'liq jarayonlarda muhim ro'l o'ynaydi.
Brom asab tizimini barqarorlashtiradi va uyqu buzilganda yordam beradi.
Ftor immunitet, suyakli skelet va tish emalini mustahkamlaydi.
Temir qonda gemoglobin shakllanishida muhim rol o'ynaydi va organizmni bakteriyalardan himoya qiladi.
Suvning Tarkibiy komponentlari
Chortoq mineral suvining barcha foydali xususiyatlarini uzoq muddatli saqlashga e'tibor qaratgan holda, biz qadoq sifatida yashil shishani tanladik. Shisha kimyoviy jihatdan inert bo'lib, ultrabinafsha va kislorodning kirib kelishiga to'sqinlik qiladi, shuning uchun shisha idishda suv foydali xususiyatlarini yo'qotmasdan yillar davomida saqlanishi mumkin. Shisha ishlab chiqarish va uni utilizatsiya qilish atrof-muhitga, masalan, plastmassa ishlab chiqarish va uni utilizatsiya qilishdek zarar yetkazmaydi.
Butun yaroqlilik muddati davomida-2 yil-Chortoq mineral suvi o'zining yuqori sifatli va organizm uchun foydali xususiyatlarini saqlab qoladi. Chortoq shifobaxsh-stakan mineral suvining qadoqlash turlari to'g'risidagi batafsil ma'lumotni quyidagi info-grafikada ko'rishingiz mumkin.
Mineral ichimlik suvini iste'mol qilishda ovqatni hazm qilish tizimining sekretsiyasi va absorbsion faoliyatida ijobiy o'zgarishlar yuz beradi, bu esa butun ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi.
Suv yog'larni parchalaydigan fermentlarning ishini kuchaytirib, ortiqcha vazndan xalos bo'lishga yordam beradi; patologik o'zgargan to'qimalarni regeneratsiyalashga, trofik jarayonni yaxshilashga yordam beradi. Bunda, organizm immun tizimining normal ishlashi uchun zarur bo'lgan yod elementining shifokorlar tomonidan tavsiya etilgan kunlik normasini oladi.
Chortoq Limonli gazlangan 0,33l
Chortoq Laym mineral suvi gazlangan 0,5l
Chortoq mineral suvi gazlangan 0,75l
Chortoq mineral suvi gazlangan 0,5l
Chortoq mineral suvi gazlangan 0,5l
"Chortoq Mineral Water" MChJ QK - 2016 yilda tashkil etilgan kompaniya bo'lib qisqa muddatda O'zbekiston bozorida yetakchi o'rinni egalladi. Bugungi kunga kelib, Chortoq mineral suvi premial sifati, muvozanatli tarkibi, yumshoq ta'mi va noyob foydali xususiyatlari tufayli iste'molchilarning sevgisini va e'tirofini qozonishga muvaffaq bo'ldi.
Chortoq kurorti O'zbekiston Respublikasining Namangan viloyatidagi Chotqol tog' tizmasining Janubiy yonbag'rida, Chortoq soy daryosi vodiysidagi dengiz sathidan 623 m balandlikda, Farg'ona artezian havzasida, ulkan tog' cho'qqilari o'rtasida joylashgan. 1953 yilda 32-son qudug'i toza suv manbasini ochish uchun 507 metr chuqurlikda burg'ulangan edi. Chuchuk suv o'rniga tarkibida xlorid-sulfat-natriyli (2,6-3,0 g/l, pH=7,8) subtermik (+30°C) mineral suv topildi. Bu raqamlar Chortoqdagi №32 qudug'ining suvini mashhur Truskavets kurortning №7 qudug'i suviga o'xshash deb baholashga imkon berdi. Chortoq suvi oshqozon-ichak trakti, jigar, o't yo'llari, oshqozon osti bezi va diabet kasalliklari, shuningdek, yod tanqisligi kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi.